SUV XO‘JALIGI YO‘NALIShIDAGI OLIY O‘QUV YuRTLARI TALABALARI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI TIZIMIDAGI KOLLEJLARDA TAHSIL OLAYoTGAN O‘QUVChILAR O‘RTASIDA BADIIY SO‘Z TANLOVINI O‘TKAZISh TARTIB - QOIDALARI


1. UMUMIY QOIDALAR

Mazkur Qoidalar suv xo‘jaligi yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari talabalari va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida badiiy so‘z tanlovini o‘tkazishni belgilab beradi – (keyingi o‘rinlarda – tanlov).

Tanlov Shveytsariya Konfederatsiyasi hukumati tomonidan moliyalashtiri¬layotgan Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekistonda Suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida o‘tkazilmoqda.

Tanlov suvning qadr - qiymati, tabiatni, shu jumladan suv resurslarini asrash zarurligini, shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanishni ifodalovchi badiiy asardan parcha sifatida ijro etilgan va videorolik tarzda tasvirga olingan ishlanmalar orasidan eng yaxshisini aniqlab beradi.


2. TANLOVNI O‘TKAZIShDAN MAQSAD

Tanlov suv resurslarini asrab-avaylash, har bir shaxsning toza suvdan foydalanish huquqini ta’minlash masalasida jamoatchilik fikrini faollashtirish hamda suv xo‘jaligi sohasida tahsil olayotgan yoshlarning suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish borasidagi bilimlarini oshirishni maqsad qilgan.

Tanlov 2023 yil 22 mart – Butunjahon suv kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladi.


3. TANLOVDA IShTIROK ETISh UChUN BAJARILADIGAN IShLAR

1-qadam – o‘zbek yoki jahon adabiyoti namunalari orasidan asarni tanlash (she’r, proza, esse, jurnalistik maqola);

2-qadam – ushbu asardan atrof - muhitni, xususan, suv resurslarini asrashga bag‘ishlangan parchani topish;

3-qadam – tanlangan she’r yoki parchani ifodali o‘qish va uni telefon yoki maxsus uskunalar yordamida, videoyozuvga tushirish (viderolik olish);

4-qadam – olingan videorolikni tanlov xay’atiga yuborish


4. VIDEOROLIKNI TANLOVGA YuBORISh TARTIBI

1-qadam – TOMChI (https://nwrmp.uz/link.html) mobil ilovasini yuklash;

2-qadam – paydo bo‘ladigan oynada “Tanlovda qatnashishni istaysizmi?” degan savolga HA deb javob berish;

3-qadam – qisqa anketani to‘ldirish;

4-qadam – videorolikni yuklash (3 minutdan yoki 300 megabaytdan oshmasligi shart);

5-qadam – “Ro‘yhatdan o‘tish” tugmasini bosish.


5. TANLOVNING IShTIROKChILARI

Tanlov suv xo‘jaligi yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari talabalari va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovga faqat mualliflarning shaxsan o‘zlari bajargan ishlari qabul qilinadi.

Ishtirokchi amaldagi talaba guvoxnomasiga ega bo‘lishi shart


6. VIDEOROLIKLARNI BAHOLASh MEZONLARI

Tanlov hay’ati videoroliklarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:

  • videorolikning tanlov mavzusiga to‘liq mosligi;
  • videorolikning kreativligi (g‘oyaning yangiligi, o‘ziga xosligi, tasvirga tushirish joyini tanlash, sahnalashtirish);
  • videorolikda ifodalangan ma’lumotning boyligi;
  • muallif ijrosining badiiy va estetik darajasi.

Har bir mezon bo‘yicha eng yuqori baho – 10 ball.


7. TANLOVNING TAShKILIY QO‘MITASI VA HAYʹATI

Tanlovning tashkiliy qo‘mitasi va xay’ati “O‘zbekistonda Suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi”ning mutaxassislari, Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muxandislari instituti” Milliy Ilmiy Tadqiqot Universiteti vakillaridan shakllantiriladi.

Tashkiliy qo‘mita a’zolari quyidagilarni amalga oshiradi.

  • tanlov ishtirokchilardan arizalarni va videoroliklarni qabul qilish va jamlash;
  • tanlovga taqdim qilingan videoroliklarni belgilangan mezonlar bo‘yicha baholash;
  • tanlovni o‘tkazish tartibiga amal qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;
  • tanlov g‘oliblarini taqdirlash tartibini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  • tanlovni borishi va natijalarini loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yoritib borish.


8. TANLOVNI O‘TKAZIShNING TARTIBI VA ShARTLARI

  • tanlov biri-biridan alohida bo‘lgan ikki doirada o‘tkaziladi:
    • a) birinchi doira – suv xo‘jaligi yo‘nalishidagi mutaxassislarni tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida;
    • b) ikkinchi doira - O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi kollejlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida;
  • tanlov 2023 yil 25 yanvardan boshlanib, 10 martgacha bo‘lgan muddatda o‘tkaziladi.
  • tanlovning boshlanishi 25 yanvarda e’lon qilinadi.
  • tanlovga ishlarni qabul qilish 2023 yil 1 martga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.
  • tanlovning natijalari loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida chop etish orqali 2023 yilning 14 mart kuniga qadar e’lon qilinadi.
  • tanlov g‘oliblarini taqdirlashning rasmiy marosimi 2023 yilning mart oyida “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti” Milliy Ilmiy Tadqiqot Universitetida bo‘lib o‘tadi.
  • 2023 yil 1 martdan keyin yuborilgan videoroliklar tanlovga qabul qilinmaydi.
  • Tanlov ishtirokchisi TOMCHI mobil ilovasi foydalanuvchisi va TOMCHI telegram kanali obunachisi bo‘lishi shart.
  • muallifning tanlovda ishtirok etishi uning bevosita tanlov shartlariga va o‘z ishlanmasini loyihaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirilishiga rozi ekanligini bildiradi.


9. TANLOV G‘OLIBLARIGA BERILADIGAN SOVRINLAR

Tanlov g‘oliblariga quyidagi sovrinlar (bepul) taqdim qilinadi:

  • Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun:

    1-o‘rin – planshet;

    2-o‘rin – smartfon;

    3-o‘rin – TOMChI logotipli ryukzak

  • Kollejlar o‘quvchilari uchun:

    1-o‘rin – planshet;

    2-o‘rin – smartfon;

    3-o‘rin – TOMChI logotipli ryukzak